Loader

SASMO 2025 Singapur xalqaro matematika olimpiadasi

6.04.2025-yilda Toshkentda SASMO 2025 Singapur xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Olimpiadada jami 243 nafar o‘quvchi qatnashdi: ulardan 136 nafari boshlang‘ich sinf va 107 nafari yuqori sinf o‘quvchilari edi.
Boshlang‘ich maktab natijalari: 11 ta oltin, 14 ta kumush, 25 ta bronza medal qo‘lga kiritildi. Bundan tashqari, 15 nafar o‘quvchi maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi.
Yuqori sinf natijalari: 18 ta oltin, 18 ta kumush, 23 ta bronza medal hamda 11 nafar o‘quvchi faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
O‘quvchilarimizni tabriklaymiz va ularning ajoyib yutuqlari bilan faxrlanamiz!

75
02.05.2025